O‘zbekistonda yer qimirladi
Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Bugun, 14 fevral kuni soat 05:48 da O‘zbekiston hududida yer qimirladi, deb xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Xabarda aytilishicha, zilzila epitsentri Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida bo‘lgan. Epitsentrda zilzila magnitudasi 3,6 ballni tashkil qilgan.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 417 km janubi-g‘arbda.







