Bolali oilalarga davlat byudjetidan 11 trilliondan ko‘p mablag‘ ajratilgan
Ular uchun ijtimoiy nafaqalar qamrovi 5 baravarga oshgani aytilmoqda.

Bolali oilalar uchun ijtimoiy nafaqalar qamrovi 2017 yilga nisbatan 5 baravarga oshib, 2022 yilda davlat budjetidan 11 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.
Xususan, hozirda bolalar nafaqasi oluvchilar 2 million 177 ming oilani yoki oilalar umumiy sonining 23,1 foizini tashkil etadi (18 yoshgacha bo‘lgan 5 million 5 ming bola yoki ularning umumiy sonining 42,7 foizi).
Har bir oila uchun o‘rtacha yillik hisobda to‘lovlar miqdori 5 million 550 ming so‘m (491 dollar), har bir bola uchun esa 2 million 414 ming so‘m (214 dollar) ni tashkil etadi. Nafaqa oladigan oilalardagi bolalarning o‘rtacha soni 2-3 bola.
Shuningdek, 2021-yil sentyabr oyidan boshlab bolali oilalar uchun nafaqa miqdori bolalar soniga qarab oshirildi:
• 1 bolali oilalarga 144 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha (3 yoshgacha — 325 ming so‘m)







