Portugaliya xorijliklarga “oltin viza” bermaydi
Ammo amaldagi vizalarni muddatini uzaytirish mumkin.

Portugaliya “oltin viza” berini to‘xtatadi. Bu haqda EFE agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, endilikda mamlakatdan ko‘chmas mulk sotib olgan, investitsiya kiritgan yoki yangi ish o‘rni yaratgan xorijliklarga yashash ruxsatnomasi berilmaydi.
Amaldagi “oltin vizalar”ni uzaytirish mumkin. Bunda xorijliklar sotib olgan ko‘chmas mulkidan o‘zi yoki avlodlari doimiy foydalanishi kerak. Shuningdek, uni uzoq muddatga ijaraga berish ham mumkin.
“Oltin viza” orqali turli Yevropa davlatlarida fuqarolik yoki yashash ruxsatnomasini olish mumkin. Buning uchun o‘sha davlat iqtisodiyotiga sarmoya kiritish talab etiladi.







