O'tgan yili iste'molchilarga qancha "tok" yetkazib berilgan?
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJning 2022-yilda amalga oshirgan ishlari bo'yicha hisoboti e'lon qilindi.

2022-yil davomida Jamiyat tarkibiy korxonalari tassarufidagi 35-110 kV kuchlanishli 1 787 ta podstansiyadan chiquvchi, 96 017 dona transformator punkti va 270,3 ming km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari orqali 390,3 ming yuridik hamda 7,4 mln. maishiy iste’molchilarga 68,0 mlrd kVt•soat elektr energiyasi yetkazib berilgan bо‘lib, 2021 yilning mos davriga nisbatan о‘sish sur’ati 105,6 foizni tashkil etdi.
Hisobot yilida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tarmoqlarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilishiga alohida ahamiyat qaratildi.
Xususan, 2022/2023-yil kuz-qish mavsumini betalafot о‘tkazish maqsadida 28 020,8 km elektr tarmoqlari va 9 685 ta transformator punkti mukammal ta’mirdan chiqarilib, bu borada belgilangan kо‘rsatkichlar ijrosi tо‘liq ta’minlandi. Bundan tashqari, 35-110 kV quvvatga ega podstansiyalarda 86 dona kuch transformatori va 377 ta о‘chirgich mukammal ta’mirdan chiqarildi.
Bundan tashqari, Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan qо‘shimcha loyihalalar, jumladan EIZ va KSZlarni tashqi elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 13,3 mln. dollar miqdorida о‘z mablag‘lari sarf qilindi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-172-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan ham Jamiyat tomonidan tizimli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 9 ming 259 ta mahalla xatlovdan о‘tkazilib, muammo aniqlangan 1 ming 71 ta “olis” va “og‘ir” toifadagi mahallada umumiy uzunligi 5 125,6 km elektr uzatish tarmoqlari va 1 063 ta transformator punkti yangilandi. Jumladan, yuqoridagi dastur doirasida 3 087,2 km elektr uzatish tarmoqlari hamda 1 115 ta transformator punkti yangilandi va ta’mirlandi.
Jamiyatda olib borilgan transformatsiya ishlari va moliyaviy sog‘lomlashtirish say-harakatlari natijasi о‘laroq, 2022 yilda “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning xalqaro indikativ reytingi “BB-“ “Barqaror” darajada baholanganini qayd etib о‘tish joiz.
Ma’lumot uchun, Jamiyat tomonidan 2022-yil yanvar-dekabr oylarida budjet va budjetdan tashqari fondlarga jami bo‘lib 1 077,22 mlrd so‘m miqdorida pul mablag‘i to‘lab berildi.







