Qozog‘istondan keyingi 6 oyda mashinada ko‘mir olib chiqish mumkin emas
Bundan oldin har qanday transport turida benzin va dizel olib chiqish taqiqlangandi.

Qozog‘iston avtotransportda ko‘mir olib chiqishni yarim yilga taqiqladi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.
Bundan oldin respublikadan har qanday transport turida benzin va dizel olib chiqish ham man etilgandi.
Shuningdek, Qozog‘iston dekabr-yanvar oylarida ichki bozordagi taqchillik tufayli Xitoyga gaz eksportini to‘xtatib qo‘ygandi.







