Jamiyat

Toshkentda jamoat transporti tariflari o'zgaradi

Avtobusdan metroga yoki metrodan avtobusga o‘tishda tarif 30 foizgacha arzonlashishi kutilmoqda.

Toshkentda jamoat transporti tariflari o'zgaradi

 

Toshkent shahrida jamoat transportida vaqtga biriktirilgan differensial tarif rejalari joriy etilishi (2023-yil 1-maydan) kutilmoqda. Bunda:

 

➖ bir martalik to‘lov, agar naqd bo‘lsa, 2000 so‘m, elektron to‘lovda esa 1800 so‘m bo‘lishi rejalashtirilmoqda;

 

➖ bir soat ichida avtobusdan avtobusga birinchi marta o‘tish 70 foizgacha arzonlashadi;

 

➖ ikkinchi va keyingi o‘tishlar yo‘lovchi uchun bepul bo‘ladi;

 

➖ avtobusdan metroga yoki metrodan avtobusga o‘tishda tarif 30 foizgacha arzonlashadi.

 

Jamoat transportidan kunlik faol foydalanuvchilar uchun bir kunlik limitsiz tariflar (6 ming so‘m) joriy etiladi.

 

Bundan tashqari 5, 10, 15, 20 kunlik hamda 1 oylik qisqa muddatli tariflar (avtobus, avtobus+metro) joriy etilishi ko'zda tutilgan.

Toshkentda jamoat transporti tariflari o'zgaradi | Zamon.uz