O'zbekiston

Toshkentda qurollangan ikki niqobli yigit do‘konga bostirib kirdi — video

Maʼlum bo‘lishicha, ulardan biri oliygoh talabasi bo‘lgan.

Toshkentda qurollangan ikki niqobli yigit do‘konga bostirib kirdi — video

 

Toshkentda Chorsu bozori yaqinida niqob kiyib, pichoq bilan qurollangan ikki yigit mahalliy do‘konlardan birini tunamoqchi bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Maʼlum qilinishicha, ular sotuvchini pichoq bilan qo‘rqitgan paytda do‘konga boshqa bir xaridor kelib qolgan. Shu sabab niqobli yigitlar jinoyat sodir etgan joydan qochib ketishgan.

 

Videokuzatuv kameralari yordamida jinoyatchilar qo‘lga olingan. Maʼlum bo‘lishicha, ulardan biri poytaxtdagi oliy o‘quv yurtlaridan birining 1-kurs talabasi bo‘lgan.

 

Qo‘lga olinganlarning aytishicha, ularga pul kerak bo‘lib qolgan. Pul topish uchun bu yo‘ldan boshqa yo‘l topisholmagan.

 

«Chorsu bozori yonida uchrashdik. Biz niqoblar, pichoqlar va qo‘lqoplar sotib oldik. Keyin do‘konga bordik», — dedi ulardan biri.

 

Qo‘lga olinganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur moddada 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi qamoq jazosi qo‘llanilishi belgilangan.

custom img

Adolat tiziminnig yangi qiyofasi xalq ishnochi, qonun ustuvorligi va inson qadri uchun tarixiy qadam

Inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash — “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan sud tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

custom img

Yogurt idishiga yashirilgan 267 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Toshkentda farzandlarini ko‘rgani borgan erkakni qaynotasi va qayniukasi do'pposladi

Fuqaroga tan jarohati yetkazilgan holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

custom img

Namanganda ikki kater to‘qnashdi: ikki kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Hodisa yuzasidan hozircha rasmiy izoh berilmagan.

custom img

Migratsiya agentligi Rossiyadan qayta olmayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

Moliyaviy yoki boshqa jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan fuqarolarga amaliy yorda ko'rsatiladi.

custom img

Sariosiyo–Termiz yo‘nalishidagi poyezd nega gavjum? “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” izoh berdi

ijtimoiy tarmoqlarda “Sariosiyo – Termiz” poyezdida yo‘lovchilar vagon yo‘laklarida to‘planib qolgani aks etgan videolar tarqaldi.

custom img

O‘zbekistonda shaxsiy transport vositalari soni 5 millionga yaqinlashdi

Shaxsiy transport vositalari eng ko‘p Toshkent shahrida, eng kam Sirdaryo viloyatida qayd etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"