O'zbekiston

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

Shuningdek, unga avval ham qo‘pol munosabatda bo‘lingani haqidagi ma’lumotlar tekshirilmoqda.

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

 

Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida matematika o‘qituvchisi dars vaqtida o‘quvchiga nisbatan jismoniy kuch ishlatdi. Hodisa aks etgan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

 

Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, holat 2026-yil 21-oktyabr kuni 7-«A» sinfida matematika darsi vaqtida sodir bo‘lgan.

 

Ayni paytda boshqarma va tuman bo‘limi mas’ullari, maktab kengashi, ichki ishlar organlari hamda mahalla vakillari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, o‘quvchiga bundan avval ham qo‘pol munosabatda bo‘lingani haqidagi ma’lumotlar tekshirilmoqda.

 

Boshqarma ta’lim jarayonida bolalarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidladi.

 

Qayd etilishicha, o‘rganish davomida o‘quvchi va uning qonuniy vakillari, o‘qituvchi hamda guvohlarning tushuntirishlari va mavjud materiallar xolisona baholanadi. Holatga vakolatli organlar tomonidan huquqiy baho berilib, aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha axborot berilishi ma’lum qilindi.

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Buyurtmachi va pudrat tashkilotiga shikastlangan qabr toshlarini tiklash majburiyati yuklatildi.

Dorixonalarga dori vositalari majburan qo‘shib sotilyaptimi? Raqobat qo‘mitasi holatni o‘rganmoqda

Dorixonalarga dori vositalari majburan qo‘shib sotilyaptimi? Raqobat qo‘mitasi holatni o‘rganmoqda

O‘zbekistonda ayrim dori yetkazib beruvchilar dorixonalardan buyurtma qilinmagan preparatlarni ham sotib olishni talab qilayotgani aytilmoqda.

O‘zbekistonliklarning xorijda qolib ketgan maoshlari undirildi: 850 ming dollar qaytarildi

O‘zbekistonliklarning xorijda qolib ketgan maoshlari undirildi: 850 ming dollar qaytarildi

Xorijdagi 817 nafar o‘zbekistonlikning ish haqi va kompensatsiyalar bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqdi.

Rulda uxlash oqibati: Andijonda yuk mashinasi YTHga uchradi

Rulda uxlash oqibati: Andijonda yuk mashinasi YTHga uchradi

Yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketib, yaqin atrofdagi turar joylarga zarar yetkazdi.

Suvni ortiqcha olganlarga moliyaviy jazo: 2027-yildan yangi tartib kuchga kiradi

Suvni ortiqcha olganlarga moliyaviy jazo: 2027-yildan yangi tartib kuchga kiradi

Suv olish limitidan oshish, shartnomasiz yoki ruxsatnomasiz suv olish qoidabuzarlik hisoblanadi.

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.