Jahon

Gretsiyada poyezdlar to‘qnashuvi: vokzal boshlig‘i hibsga olindi

Mamlakat transport vaziri esa o‘z ixtiyori bilan isteʼfoga chiqdi.

Gretsiyada poyezdlar to‘qnashuvi: vokzal boshlig‘i hibsga olindi

 

Gretsiyaning Hellenic Train temir yo‘l kompaniyasi chorshanba kuni Larisa shahri yaqinida yo‘lovchi va yuk poyezdlarining to‘qnashuvi tufayli 14 ta yo‘nalishdagi poyezdlar harakatini bekor qildi. Shuningdek, Larisa shahridagi stansiya rahbari hibsga olingani haqida maʼlumot bor. Bu haqda euronews.com xabar berdi.

 

Eslatib o‘tamiz, kecha Larisa shahri yaqinidagi Tempe aholi punkti hududida yo‘lovchi va yuk poyezdlari bir yo‘lda bo‘lgan. Birinchisi Afinadan Salonikiga, ikkinchisi — teskari yo‘nalishda.

 

To‘qnashuv vaqtida poyezdlarning birinchi vagonlari to‘liq ezilgan, zarbadan g‘ildiraklar va korpusning bo‘laklari temir yo‘ldan 100 M masofaga otilib ketgan. Voqea sodir bo‘lganidan so‘ng darhol yong‘in boshlandi.

 

Gretsiya infratuzilmalar va transport vaziri Kostas Karamanlis kamida 40 kishining hayotiga zomin bo‘lgan yo‘lovchi poyezdi halokatidan keyin isteʼfoga chiqdi.

 

Yo‘lovchi poyezdida 350 ga yaqin odam bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, ularning aksariyati Lent karnavalidan qaytgan talabalardir. U 4 yil ichida birinchi marta o‘tkazildi.

 

Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis fojia sodir bo‘lgan joyga borgan va mamlakatda uch kunlik motam eʼlon qilingan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"