Yakshanba mutolaasi: Matonatdan baxt topgan qiz hikoyasi

Zamon.uz fransuz yozuvchisi Emil Zolyaning “Ayol baxti” romanini tavsiya etadi.

Yakshanba mutolaasi: Matonatdan baxt topgan qiz hikoyasi

 

Adabiyot o‘z bag‘riga insoniylik, muhabbat va ozodlik kabi turlicha mavzularni singdiradi Biroq har bir ijodkor ham ayol mavzusiga qo‘l urishga botinolmaydi, buning boisi esa ayol botinidagi murakkabliklardir. Bu hech kimga o‘xshamas nozik xilqatning sabr-u matonati va malohatini so‘z bilan aks ettirish birmuncha dushvor. Fransuz yozuvchisi Emil Zolya esa ayol qalbini, uning ichki olami, matonatini boricha, hech qanday mubolag‘a va ezg‘in kayfiyatsiz ochib bera olgan ijodkorlar toifasiga kiradi. Romanning naturalizm janrida yozilganiga shubha yo‘q. Ana shuning uchun ham Emil Zolya yer yuziga haqiqat urug‘ini sochgan atoqli fransuz adibi, naturalizm adabiyotining yo‘lboshchisi sifatida taʼriflanadi. Naturalizmda shaxsdan ko‘ra, omma, tabaqa, sulola va guruhlar hayotining badiiy tasvirlari ustuvorlik qiladi. Uni mutaxassislar, asosan, olomon psixologiyasini aks ettirishga yo‘naltirilgan tasvir usuli sifatida tadqiq etadilar. Zolya ham “Ayol baxti”ni aynan kibor jamiyatining xohish-istaklariga bo‘ysunmagan, o‘z eʼtiqodidan kechmagan va bu jamiyatda “yo‘q bo‘lib ketmagan” qiz qalbida ifoda etadi.

 

Garchi ayollar haqida ko‘p asarlar bitilgan bo‘lsa-da, “Ayol baxti”ni hech qaysi asarga qiyoslab bo‘lmaydi. Yozuvchi bosh qahramon — kambag‘al qiz Deniza orqali ayol kishining botiniga ko‘zgu tutadi. Qiz ukasining qo‘lidan tutib, shaharga poyezdda kelgan ilk chog‘laridayoq hayot sinovlariga aslo yengilmaydi. Deniza har bir voqeadan mo‘jiza topa oladigan darajada kuchli xarakterga ega personaj. Yozuvchi roman orqali “Inson uchun hayotda birdan-bir baxt bu — doimo olg‘a intilishdir. Agar siz haqiqatni yashirib, tuproqqa ko‘msangiz, u beshak unib chiqadi va shunday qudratli bir kuchga aylanadiki, kun kelib, o‘z yo‘lida uchragan jamiki narsalarni bir chetga surib tashlaydi”, degan g‘oyani ilgari suradi. Deniza kun kelib o‘zi ishlayotgan do‘kon egasi Oktav Mureni sevib qoladi, biroq uning muhabbatiga sazovor bo‘lish uchun faqatgina to‘g‘ri yo‘ldan boradi, qiz qalbini qora hislar va nafrat bilan to‘ldirmaydi, aksincha, o‘zligidan kechmaydi, yaʼni uning hayot haqiqati bo‘lgan halollikdan aslo yuz burmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, asar yirik do‘kon egasi Oktav Mure va uning qarashlarini butunlay o‘zgartirib yuborgan, ayni paytda yigitning chinakam sevgisiga sazovor bo‘lgan kambag‘al qiz Deniza haqida.

 

Asarda chinakam insoniy tuyg‘ular, ojiz ko‘rinsa-da ayol matonati chiroyli yoritib berilgan.

 

Bu shunday asarki, uni o‘qigan har bir ayol o‘zini ayol sifatida kashf qiladi, ayol kishi ekanligidan g‘ururlanadi.

 

Xulosa qilib aytganda, roman har bir zamon va makon og‘riqlarini aks ettira olgan, har bir jamiyatga Denizadek qalb egalari kerakligini rost voqealar bilan isbotlab bera olgan betakror asar. Balki shuning uchun ham “Ayol baxti” bir nafasda o‘qib chiqilsa va sog‘inib qayta-qayta mutolaa qilinsa ajab emas.

 

custom img

Yekaterinburg aeroportidagi cheklovlar tufayli Namangan reysi jadvali yangilandi

Ayrim reyslar Chelyabinsk zaxira aeroportiga yo‘naltirildi va qatnovlar jadvali vaqtincha o‘zgartirildi.

custom img

Ukrainada urush qurbonlari soni keskin oshdi

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki olti oyida tinch aholi orasidagi qurbonlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37 foizga oshgan.

custom img

Eron Kiyevga zarba berishi mumkin — OAV

Taxminlar Eron TIV rahbarining Kaspiy dengizidagi Eron kemasiga qilingan hujum javobsiz qolmasligini bildirganidan so‘ng paydo bo‘ldi.

custom img

AQShning Sietl shtatida otishma sodir bo'ldi, ikki kishi vafot etdi

Jarohatlanganlardan to‘rt nafari shifoxonaga yotqizilgan, ulardan birining ahvoli og‘ir ekani ma’lum qilindi.

custom img

Rossiya mehnat migrantlari uchun yangi talablarni joriy etdi

Yangi qonunga ko‘ra, migrantlar o‘zlari va qaramog‘idagi oila a’zolarini yashash minimumidan kam bo‘lmagan daromad bilan ta’minlashi shart bo‘ladi.

custom img

O‘zbekistonda olti oyda qariyb 2,3 mingta YTH qayd etildi

Eng ko‘p yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahrida, eng kam holat esa Buxoro viloyatida sodir bo'gan.

custom img

Surxondaryodagi dalada 4 kilo “gashish” topildi

Shuningdek, Jizzaxda fuqaroning yonidagi xo‘jalik qopidan qariyb 5 kg kannabis o‘simligi aniqlandi.

custom img

Islohotlar bo‘lmasa, 25 yildan keyin Yevropa Ittifoqi yo‘q bo‘ladi — Orban

Vengriya sobiq Bosh vaziri Yevropa Ittifoqi hozirgi holatda o‘zini isloh qila olmayotganini aytib, uning kelajagiga shubha bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"