Farhod Mannapovning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Bosh prokuraturaga ko‘ra, tergov o‘tkazish yo‘li bilan qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Bosh prokuraturaga matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinovning maʼlum qilishicha, Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Farhod Mannapovning vafot etganligi yuzasidan tekshirish o‘tkazildi.
Holatga aloqador shaxslarni batafsil so‘roq qilish, ko‘p vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelish imkoni yo‘qligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-kismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov o‘tkazish yo‘li bilan qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.







