Jahon

Guterrish qashshoq mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar o‘z daromadlarining katta qismini davlat qarziga xizmat ko‘rsatishga sarflaydi.

Guterrish qashshoq mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish rivojlangan mamlakatlarni kambag‘al davlatlar oldidagi majburiyatlarini bajarishga, jumladan, milliy daromadlarining bir qismini rivojlanayotgan iqtisodlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishga chaqirdi.

 

“Rivojlanayotgan mamlakatlar eng kam rivojlangan davlatlarga taraqqiy etishi uchun rasmiy yordam  tariqasida yalpi milliy daromadining 0,15-0,20 foizini berish majburiyatini bajarish vaqti keldi”, — dedi Guterrish BMTning kam rivojlangan mamlakatlar bo‘yicha Doxada o‘tayotgan beshinchi konferensiyasida so‘zlagan nutqida.  

 

Uning taʼkidlaganidek, BMT hali ham rivojlanayotgan mamlakatlarga yiliga kamida 500 milliard dollar berish mexanizmini ishlab chiqishga harakat qilmoqda, bu esa Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun rag‘bat bo‘lishi kerak.

 

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakatlar o‘z daromadlarining katta qismini davlat qarziga xizmat ko‘rsatishga sarflaydi.

 

“Buning kamida 25 ta rivojlanayotgan iqtisodlar davlat daromadlarining 20 foizdan ortig‘ini maktablar qurish,  oziq-ovqat, ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirishga emas, balki faqat qarz to‘lovi xizmatiga sarflamoqda. Ayrim mamlakatlarda qarzga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar 35 foizga o‘sgan”, — deb qo‘shimcha qildi Guterrish.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"