Norvegiya Rossiya tufayli boyidi
Mamlakat neft va gazdan rekord darajada daromad oldi.

Rossiya Federatsiyasidan yetkazib berish sezilarli darajada kamayganidan keyin Norvegiya Yevropaning asosiy gaz eksportchisiga aylandi.
Norvegiyaning neft va gazdan daromadi 131 milliard yevroni tashkil etdi, bu 2021 yilga nisbatan 3 baravar ko‘pdir.
Ayni paytda Oslo Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun katta mablag‘ ajratmoqda. 2022 yilda Norvegiya Ukrainaga harbiy va gumanitar yordam uchun 1 milliard yevro sarfladi. Kelgusi 5 yil ichida bu maqsadlar uchun deyarli 7 milliard yevro ajratiladi.







