Jahon

Zelenskiy urushning eng og'ir nuqtasini aytdi

Shu bilan birga Ukraina yetakchisi harbiylar matonatiga hurmat bajo keltirdi.

Zelenskiy urushning eng og'ir nuqtasini aytdi

 

Ukraina Prezidenti Zelenskiy nutqida Donbass uchun olib borilgan janglar haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi harbiy harakatlar Ukraina harbiylari uchun eng og‘ir amaliyotlardan hisoblanadi. 

 

“Ayniqsa, Donbassda jang qilayotgan askarlarning jasorati, kuchi va chidamliligiga hurmat bajo keltirmoqchiman. Bu eng qiyin janglardan biridir. Og'riqli va qiyin”, — dedi Vladimir Zelenskiy Telegram kanaliga joylangan videoda.

 

2022-yilning yozidan buyon mintaqada, jumladan, Baxmut shahri uchun ham shiddatli janglar davom etmoqda. 6-mart kuni Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonligi shahar mudofaasini davom ettirish tarafdori ekanini ma'lum qildi.

 

Shu kuni “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin Baxmut hududida Ukraina Qurolli Kuchlari harakatlarini kuchaytirganini e'lon qildi. Unga ko‘ra, Konstantinovka, Seversk, Slavyansk va Chasov Yarda Ukraina qo‘shinlari guruhlari tuzilgan.

AQSH dengiz portlari xakerlar nishonida: kiberhujumlar soni keskin oshdi

AQSH dengiz portlari xakerlar nishonida: kiberhujumlar soni keskin oshdi

Mutaxassislar bunday hujumlar yuk tashish va energiya resurslari eksportiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilari hujumi: 12 ta avtomobil yoqib yuborildi

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilari hujumi: 12 ta avtomobil yoqib yuborildi

Bosib olingan G‘arbiy Sohildagi bir nechta Falastin qishlog‘ida sodir bo‘lgan hujumlar Isroilda ham siyosiy bahslarga sabab bo‘ldi.

Meksikada narkokartel rahbarini qo‘lga olish operatsiyasi: 11 kishi halok bo‘ldi

Meksikada narkokartel rahbarini qo‘lga olish operatsiyasi: 11 kishi halok bo‘ldi

AQSH Mesa Floresni qo‘lga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun 5 million dollar mukofot va’da qilgan edi.

G‘azoda oziq-ovqat tarqatayotgan avtomobilga Isroil droni zarba berdi: uch kishi halok bo‘ldi

G‘azoda oziq-ovqat tarqatayotgan avtomobilga Isroil droni zarba berdi: uch kishi halok bo‘ldi

Avtomobil bolalarga oziq-ovqat va ichimlik tarqatish uchun to‘xtashga tayyorlanayotgan paytda raketa bilan urilgani aytildi.

Hormuz bo‘g‘ozidagi hujumlar kuchaydi: Eron ikkita raketa uchiruvchi qurilmani namoyish etdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi hujumlar kuchaydi: Eron ikkita raketa uchiruvchi qurilmani namoyish etdi

Raketa qurilmasi namoyishi AQShning Eron raketa dasturini yo‘q qilgani haqidagi bayonotlari fonida amalga oshirildi.

O‘yin sanoatida rekord: GTA VI ilk kunidayoq qariyb 4 milliard dollar daromad keltirdi

O‘yin sanoatida rekord: GTA VI ilk kunidayoq qariyb 4 milliard dollar daromad keltirdi

Bu ko‘rsatkich 2013-yilda chiqarilgan GTA V’ning dastlabki uch kunlik 1 milliard dollarlik natijasidan qariyb to‘rt baravar yuqori.

Yevropada antibiotiklarga chidamli bakteriya tarqalishi xavfi oshmoqda: JSST ogohlantirdi

Yevropada antibiotiklarga chidamli bakteriya tarqalishi xavfi oshmoqda: JSST ogohlantirdi

Klebsiella pneumoniae sababli yuzaga kelgan qon infeksiyalari 2019–2025-yillarda 72 foizga oshdi.

Tramp yil oxirigacha Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishmoqchi — FT

Tramp yil oxirigacha Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishmoqchi — FT

AQSh demokratlar Kongress ustidan nazoratni qo‘lga kiritishidan avval Rossiya va Ukraina o‘rtasida kelishuvga erishishga shoshilmoqda.