O‘zbekiston oltin zaxirasi $500 mlnga ko‘paydi
Bunda oltinning qimmatlashuvi asosiy rol o‘ynagan.

O‘zbekistonning xalqaro zaxira aktivlari 174,4 mln dollarga ko‘payib, 35,7 milliard dollarga yetgan. Bu haqda Markaziy bank rasmiy saytida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, bu o‘sishda oltinning qimmatlashuvi asosiy rol o‘ynagan. Jumladan, fevral oyida oltin 23,5 mlrd dollarga yetgan, bu uning qiymati 491 mln dollarga ko‘paydi degani.







