O'zbekiston

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

 

Toshkent ko‘chalarida chang ko‘tarilishini kamaytirish maqsadida qariyb 100 ta maxsus texnika yordamida suv purkash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, yo‘l qoplamalarini muntazam namlash changning cho‘kishiga va uning havoga ko‘tarilishini kamaytirishga yordam beradi.

 

Shuningdek, shaharda favvoralar va sug‘orish tizimlari ham ishga tushirilmoqda. Ushbu choralar ko‘chalardagi namlikni oshirish, chang miqdorini kamaytirish va shahar muhitini yaxshilashga qaratilgan.