Jahon

Ukraina Rossiya yerlaridan manfaatdor emas — Zelenskiy

Ukraina yetakchisi Rossiya hududiga hujum qilish niyati yo'qligini aytdi.

Ukraina Rossiya yerlaridan manfaatdor emas — Zelenskiy

 

"Agar Ukraina G‘arb davlatlaridan uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollarni olsa, Rossiya hududiga hujum qilishda foydalanmaydi", — dedi Prezident Vladimir Zelenskiy.

 

Uning ta'kidlashicha, Kiyev "Rossiya yerlaridan manfaatdor emas", lekin u 1991-yilgi chegaralar doirasidagi butun hududni Ukraina hududi deb bilishini aytdi

 

“Bizda Dneprning narigi tomonidan o‘qqa tutilishiga javob beradigan qurolimiz yo‘q. Shuning uchun men uzoq masofali qurollarga ehtiyoj borligini ta'kidlayman. Agar biz bu qurollar bilan ruslarni yanada ko‘proq irg’itib yubora olsak, ular keyin bizga tahdid qila olmaydi”, — dedi janob Zelenskiy.

 

Uning fikricha, Rossiya harbiylari Ukraina hududini tark etgan taqdirdagina, mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish mumkin.

 

"Shundan so‘ng biz va hamkorlarimiz to‘g‘ri formatni topamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Vladimir Zelenskiy.

 

Shuningdek, u yana bir marta Vladimir Putin bilan muzokara qilishdan bosh tortdi va unga ishonmasligini tushuntirdi.

custom img

Imron Xon sog‘lig‘i sabab qamoqxonadan kasalxonaga o‘tkazildi

Pokiston Oliy sudi sobiq bosh vazirni navbatdagi sud majlisigacha tibbiy ko‘rik va davolanish uchun kasalxonaga yuborish haqida qaror qabul qildi.

custom img

Filippinda maktabdagi otishmada ikki o‘quvchi halok bo‘ldi

Qurollangan o‘quvchi sinfdoshini otib o‘ldirgach, o‘z joniga ham qasd qilgan.

custom img

Shimoliy Koreya Rossiya-Ukraina urushidan qanday boyib ketdi?

Shimoliy Koreyaning Rossiyaga ko‘rsatgan urush yordami evaziga olgan daromadlari Kim Chen Inning hokimiyatini mustahkamladi va aholining tor bir qatlamining ham boyishiga imkon berdi.

custom img

G‘azoda qurolsizlanish va gumanitar masalalar bo‘yicha ikki ishchi guruh tuziladi

Qaror Netanyaxu va Tinchlik Kengashi vakillari ishtirokidagi muzokaralarda qabul qilindi.

custom img

Kobuldagi xususiy maktabda portlash sodir bo‘ldi, o‘quvchilar jarohatlandi

O‘quvchilar darslardan chiqqanidan keyin maktab hovlisiga granata otilgan

custom img

Qozog‘istonda 19 yoshli o‘zbekistonlik kelin vafot etdi

U o‘limidan oldin dugonasiga eri shirinlik tufayli uni urganini aytgan.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"