Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan fuqarolarni ogohlikka chaqirdi
Maʼlum qilinishicha, so‘nggi vaqtlarda mehnat migrantlari bank xizmatlari bilan bog‘liq turli firibgarliklarga duch kelmoqda.

Maʼlum qilinishicha, so‘nggi vaqtlarda mehnat migrantlari bank xizmatlari bilan bog‘liq turli firibgarliklarga duch kelmoqda. Xususan:
— Qarindoshlariga pul o‘tkazish payti mobil ilovadan foydalanishda mehnat migranti hisobidan pul yechib olish;
— uning nomiga yuqori foizli kreditlar rasmiylashtirish kabi muammolar uchramoqda.
“Yurtdoshlarimizdan bank xizmatlaridan, xususan, pul o‘tkazish tizimlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishni, shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga maʼlum qilmaslikni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.







