18 yoshli talaba qiz o‘z joniga qasd qildi
Marhuma o‘zini kanalga tashlagan.

Kecha, 10-mart kuni soat 21:25 larda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani «O‘zbekiston» mahallasida yashagan 18 yoshli talaba qiz Oqdaryo tumani va Samarqand tumanini bog‘lab turuvchi Qoradaryo ko‘prigidan o‘zini suvga tashlab joniga qasd qilgan.
Marhumaning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.







