Andijonda uy yonib ketdi
Holat bo‘yicha viloyat FVB ma’lumot berdi.

Kecha, 11-mart kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Viloyat FVB holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Hodisа soat 17:15 da Shaxrixon tumani “Mullaboy” MFY Shaxrixon ko‘chasida yuz bergan. 1960 yilda tug‘ilgan I.S.ning 15 kvadrat metr maydonda uy xammomining shift tom qismi yongan.
FVB xodimlari voqea joyiga 17:20 da yetib borib, yong‘inni soat 17:28 da o‘chirishgan.








