Jamiyat

O‘zbekistonda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi

Akademiya yangi o‘quv yilidan faoliyatini boshlaydi.

O‘zbekistonda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi

 

Belgilangan tartibga ko‘ra, o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Turkiyaning Sog‘lik bilimlari universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi.

 

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida universitet rektori Javdat Erdol bilan o‘tgan muloqot chog‘ida bu bo‘yicha kelishuvga erishildi.  

 

Yangi o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydigan akademiyada hamshiralarni tayyorlash 4 yillik o‘quv dasturi asosida Sog‘lik bilimlari universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro taʼlim standartlari asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, taʼlimning ikki yili O‘zbekistonda va ikki yili Turkiyada olib boriladi.  

 

Shuningdek, yurtimiz tibbiyot tizimi uchun rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida bakalavriat bosqichida “Tibbiyot menejmenti” taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha 4 yillik qo‘shma dastur yo‘lga qo‘yiladi. Bu loyihada ham talabalar ikki yil Turkiyada tahsil oladi.  

O‘zbekistonda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi | Zamon.uz