O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev surxondaryolik fermerlar bilan uchrashdi

“Yuqori daromad olishni xohlagan fermer ilm bilan mehnat unumdorligini oshirishga harakat qilishi kerak”, — dedi Prezident fermerlar bilan suhbatda.

Shavkat Mirziyoyev surxondaryolik fermerlar bilan uchrashdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga rasmiy tashrifi davomida Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Kamola Kamolbek Quyun” fermer xo‘jaligida bo‘ldi.

 

Xo‘jalikning yer maydoni 45 gektar. Joriy yilda g‘alladan 70, paxtadan 40 sentnerdan hosil yetishtirish mo‘ljallanmoqda. 35 kishi doimiy va mavsumiy ish bilan taʼminlangan.

 

Davlat rahbari ekinlar rivojini ko‘zdan kechirdi, g‘alla va g‘o‘zaning navi, hosildorligi bilan qiziqdi.

 

“Nima uchun qishloq xo‘jaligida ilm, innovatsiya kerak, deyapmiz? Avvalo sifat va hosildorlik uchun. Yuqori daromad olishni xohlagan fermer ilm bilan mehnat unumdorligini oshirishga harakat qilishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Maʼlumki, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekish uchun ishsiz aholi vakillariga yer berilmoqda. “Kamola Kamolbek Quyun” fermer xo‘jaligida ham ijtimoiy daftarlarga kiritilgan 34 nafar fuqaroga 20-25 sotixdan yer ajratilgan. Ular ko‘kat, kartoshka, piyoz, sabzi va boshqa ekinlar ekib, yaxshi daromad olgan. Joriy yilda ham qo‘shimcha 18 nafar fuqaroga dehqon xo‘jaliklari tashkil etish uchun 30 sotixdan yer maydonlari ajratilishi ko‘zda tutilgan.

 

Prezident shunday yer egalari bilan suhbatlashdi.

 

“Aholiga yer berilib, urug‘, o‘g‘it masalalarida ham yordamlashilmoqda. Faqat mehnat qilish qolyapti. Agar har bir oila o‘zi harakat qilib, hayotida o‘zgarish qilsa, kambag‘allik ham, ishsizlik ham bo‘lmaydi”, — dedi davlat rahbari.

 

Surxondaryo iqlimida 3 martagacha hosil olish mumkinligi, aholiga ko‘maklashib, daromad manbayi yaratish zarurligi taʼkidlandi.

 

Namanganda MIB fermerdan 670 mln qarzdorlik undirdi

Namanganda MIB fermerdan 670 mln qarzdorlik undirdi

Ijro hujjatiga ko‘ra, fermer xo‘jaligidan elektr taʼminotchi korxonasi foydasiga 670 mln so‘m undirish belgilangan.

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka qarshi yangi talab: ish beruvchilar mas’ul bo‘ladi

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka qarshi yangi talab: ish beruvchilar mas’ul bo‘ladi

O‘zbekistonda shahvoniy shilqimlik tushunchasiga qonuniy ta’rif berildi va ish beruvchilarning bu boradagi majburiyatlari belgilandi.

Jismoniy shaxslar va kompaniyalar bankrotligi: endi maxsus agentlik kuzatib boradi

Jismoniy shaxslar va kompaniyalar bankrotligi: endi maxsus agentlik kuzatib boradi

Maxsus agentlik jismoniy shaxslar va tashkilotlarning to‘lovga qobiliyatsizligi jarayonlarini nazorat qiladi.

Sud qaroridan keyin ham foiz hisoblagan banklar pulni qaytaradi: Markaziy bank talabi

Sud qaroridan keyin ham foiz hisoblagan banklar pulni qaytaradi: Markaziy bank talabi

Tijorat banklari noqonuniy undirilgan kredit foizlari va jarimalarni qarz oluvchilarga qaytarishi shart.

Ona jazoni o‘taydi, bola maxsus markazda tarbiyalanadi: yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi

Ona jazoni o‘taydi, bola maxsus markazda tarbiyalanadi: yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi

Mahkum ayollarning farzandlari uchun maxsus bog‘chalar tashkil etiladi.

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Suhbat davomida sun’iy intellekt davrida universitetning kelajagi va yangi rivojlanish strategiyasi yuzasidan fikr almashilgan.

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Kelgusi yilgi Davlat budjetida mablag‘larning asosiy qismi ta’lim, tibbiyot va mahallalarni obod qilishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi

Ushbu investitsiyaviy nizo 2021-yil iyun oyida boshlanib, 5 yil davom etdi.