To‘rt yillik musobaqaga 500 kun qoldi
Chiptalarni qayerdan olish mumkin?

Parij olimpiadasiga roppa-rosa 500 kun qoldi. Fransiya poytaxti 100 yildan beri birinchi marta Olimpiadaga mezbonlik qiladi.
Yoshlarga qaratilgan sport turlari, jumladan, skeytbording, ayol va erkak sportchilarning teng taqsimoti va chiptalar onlayn savdoga chiqarilgani sababli Parij Olimpiadasi eng inklyuziv bo‘lishi kutilmoqda.
2024 yilgi Olimpiya o‘yinlari boshlanishiga teskari sanoq boshlandi. Bu chiptalar va joylarni bron qilish vaqti kelganini anglatadi.
Olimpiada o‘yinlariga qayerdan chipta sotib olish mumkin?
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari chiptasini tadbirning onlayn platformasi orqali sotib olish mumkin. Bu chiptalar faqat onlayn sotilgan va dunyoning turli burchaklaridan turib uni sotib olish mumkin bo‘lgan birinchi holat. O‘yinlar uchun umumiy hisobda 10 millionta chipta sotiladi. Paketlarning qurʼa asosidagi sotuvi shu yil fevralidan boshlangan. Alohida chiptalar esa 11 maydan sotuvga chiqadi, 15 martdan 20 aprelgacha esa lotereya uchun ro‘yxatga olish bo‘lib o‘tadi. Umumiy savdo esa 2023 yil oxirida ochiladi.
Chiptalardan bir millioni 24 yevrodan boshlab baholanadi va barcha sport turlari uchun sotiladi. Chiptalarning qariyb yarmi keng omma uchun ochiq bo‘lib, 50 yevro yoki undan past baholanadi.
2024 yilgi Olimpiya o‘yinlari mehmondo‘stlik bo‘yicha On Location tashkiloti bilan hamkorlik qiladi. Bu mehmonxona, transport va eksklyuziv sayohatlar bilan birga chiptalar sotuvi bilan shug‘ullanuvchi yagona platformadir.
Parij Olimpiadasiga chipta sotib olishda bu bilan shug‘ullanuvchi boshqa litsenziyalangan vositachi yo‘qligini yodda saqlang.
Parijda mehmondo‘stlik paketlari qanday ishlaydi?
Bunday paketlar narxi 100 yevrodan boshlanadi va xaridor xohishiga ko‘ra unga moslashtiriladi.
Ayrim paketlar Parij madaniyati bilan tanishishni o‘z ichiga oladi. Ammo ular ham bir qancha turga bo‘linadi.
Qayerdan joy band qilish kerak?
Parij–2024 Olimpiadasi shaharning turli qismlarida o‘tkaziladi. Shuning uchun eng yaxshi mehmonxona tanlash uchun uning joylashgan joyi emas, uning atrofida qaysi sport musobaqalari o‘tkazilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ochilish marosimi 2024 yil 26 iyulda Sena bo‘yida bo‘lib o‘tadi. Paralimpiya o‘yinlari esa 28 avgust kuni Yelisey dalalarining quyi qismidagi Kelishuv maydonida o‘tkaziladi.
Yengil atletika va regbi bo‘yicha musobaqalar mamlakatdagi eng yirik “Stad de Frans” stadionida bo‘lib o‘tadi. Suzish musobaqalari uning yaqinidagi suv sporti markazida, qilichbozlik Katta saroyda, tirmashib chiqish Le Burjeda, chavandozlar esa Versal saroyida kuch sinashadi. Velosportchilar Parij markazidan 25 km masofadagi Sen-Kanten velodromida bahslashadi.
Paralimpiya o‘yinlariga Parij va Lill mezbonlik qiladi. Musobaqalar o‘tkaziladigan joylar ularga jamoat transportida qulay yetib borishni inobatga olgan holda tanlangan.
2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida qanday yangiliklar bo‘ladi?
2024 yilgi Olimpiada dasturiga birinchi marta skeytbording, sportcha tirmashib chiqish, serfing va breyking qo‘shiladi.
Shuningdek, bu musobaqa ayol va erkak sportchilar 50/50 nisbatda qatnashgan birinchi Olimpiada bo‘ladi.







