Jahon

Isroil Ukrainaga dronlarga qarshi kurash tizimini sotmoqchi

Tel-Aviv uzoq vaqt Kiyevga harbiy yordam berish masalasini ortga surib keldi. Ammo Ukrainada keng foydalanilayotgan Eron dronlari vaziyatning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.

Isroil Ukrainaga dronlarga qarshi kurash tizimini sotmoqchi

 

Isroil Ukrainaga dronlarga qarshi kurash tizimlarini sotadi. Bu haqda qator ukrainalik va isroillik amaldorlarga tayanib Axios xabar berdi.

 

Gap radioelektron kurash tizimlari haqida bormoqda. Ular RF armiyasi keng foydalanayotgan Eron dronlarini urib tushirish imkonini beradi.

 

Nashr manbalariga ko‘ra, fevral oyida Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant va TIV rahbari Eli Koen yuqoridagi tizimlar eksportiga litsenziya berishga ruxsat bergan. Bu mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Ukraina mojarosiga nisbatan munosabatni qayta ko‘rib chiqishi davriga to‘g‘ri keladi. Koyen Kiyevga tashrifida Vladimir Zelenskiyga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari eksportiga ruxsat berilganini maʼlum qilgan.

 

Katta ehtimol bilan Isroilning ikki kompaniyasi Elbit va Rafael‘ga litsenziya beriladi. Ukrainalik amaldorlardan biri mamlakat mudofaa vazirligi delegatsiyasi yaqinda Isroilga kelganini, ammo hech qanday shartnoma imzolanmaganini aytgan.

 

Ukrainaga yetkazib berilishi kutilayotgan tizimlar 40 kilometr uzoqlikdagi nishonlarni urib tushirishi mumkin, ularni muhim infratuzilma obyektlari yoniga joylashtirsa bo‘ladi.

 

Jurnalistlarning taʼkidlashicha, Kiyev ushbu qurilmaga qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, bu o‘ta muhim emas. So‘nggi vaqtlarda mamlakatning o‘z havo hujumiga qarshi kurash tizimlari 75-90 foiz dronlarni urib tushirmoqda.

 

Isroillik amaldorlardan biri Tel-Aviv bu orqali dronlarga qarshi kurash tizimi Eronning uchuvchisiz qurilmalariga qarshi qay darajada samarali ekanini tekshirmoqchi.

 

Isroil uzoq vaqtdan buyon Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishga qarshilik qilib kelayotgandi. Bu Rossiya bilan alohida munosabatlarni saqlab qolishga harakat bilan izohlanadi. Shu bilan birga dronlarga qarshi kurash vositalarini berish RF-Isroil aloqalariga zarar yetkazmasligi taxmin qilinmoqda. Chunki ushbu tizimlar sof mudofaa maqsadlarida ishlatiladi, ular orqali hujum operatsiyalarini amalga oshirish mumkin emas.

 

 

custom img

Robotlar real hayotga tayyorlanmoqda: Xitoyda 70 dan ortiq AI mashg‘ulot markazi ishga tushdi

Ular real muhitda fazoda mo‘ljal olish, buyumlarni ushlash va kundalik vazifalarni bajarishni minglab takroriy mashqlar orqali o‘rganmoqda.

custom img

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 5 nafar mansabdor ushlandi

Yana gumonlanuvchilarni aniqlash bo‘yicha ham tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Eron reyslarini to‘xtatgan davlatlar aeroportlari ham ishlamasligi mumkin — Mohsen Rizoiy

Eron Oliy Milliy Xavfsizlik kengashi kotibi AQSh sanksiyalari doirasida Eron reyslarini to‘xtatgan qo‘shni davlatlarni javob choralaridan ogohlantirdi.

custom img

Kaspiydagi fojia: bedarak yo‘qolgan ikki harbiyning jasadi topildi

17 harbiy xizmatchi bilan yuz bergan fojia ortidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi.

custom img

Netanyaxuning BMTdagi nutqiga norozilik: delegatsiyalar zalni tark etdi

Isroil bosh vaziri chiqib ketmaganlarni ham zalni tark etishga chaqirgan.

custom img

Eron-AQSh muzokaralari: Tehron kelishuvga tayyorligini ma’lum qildi

Eron prezidenti iyun oyida AQSh bilan imzolangan kelishuvni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

custom img

Harbiylar halok bo‘ldi: Qozog‘istonda 25-sentyabr milliy motam kuni deb e’lon qilindi

Mang‘istov viloyatida harbiy mashg‘ulotlar vaqtida 19 nafar harbiy suvga oqib ketib, ulardan 12 nafari halok bo‘ldi.

custom img

Ukraina donni Boltiqbo‘yi orqali eksport qilmoqchi: 2 mlrd dollargacha mablag‘ kerak

Ushbu yo‘nalishdan foydalanish bir tonna Ukraina g‘allasini tashish xarajatini qariyb 100 dollarga oshiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"