0

Sayyoralar paradi qachon kuzatiladi?

Bu kamdan-kam sodir bo'ladigan noyob astronomik hodisa ekani aytilmoqda.

Sayyoralar paradi qachon kuzatiladi?

 

Yer aholisi 28-martda bir vaqtning o‘zida Quyosh tizimining beshta sayyorasi: Yupiter, Merkuriy, Venera, Uran va Marsning bir safga tizilishini kuzatishi mumkin

 

Buyuk Britaniyaning Edinburg universiteti xodimi Bet Billerning so‘zlariga ko‘ra, beshta sayyoraning bir safga tizilishi kamdan-kam uchraydigan hodisa. Sayyoralarning bunday paradini 2022, 2020 va 2016-yillarda kuzatish mumkin bo‘lgan. 2022-yil Yerning shimoliy yarim shari aholisi Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturnning bir chiziqda saf tortganini kuzatgan.

 

Billerning so‘zlariga ko‘ra, osmonda Venera va Yupiterni ko‘rish osonroq bo‘ladi. So‘nggi bir necha hafta ichida bu ikki sayyora allaqachon bir-biriga yaqin masofada kuzatilgan. Mars unchalik yorqin bo‘lmasa-da, uni kuzatish mumkin. Biroq Merkuriy osmon tiniq bo‘lsagina ko‘rinadi, Uranni esa durbin yoki teleskopsiz kuzatish qiyin.

 

2023-yil davomida yana bir nechta sayyoralar paradi kuzatilishi kutilmoqda. Misol uchun, aprel oyida Merkuriy, Uran, Venera va Marsni bir safda ko‘rish mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"