Farg‘onada erkak yer talashib, qo‘shnisini pichoqlab qo‘ydi
Shundan so‘ng jabrlanuvchi vafot etgan.

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida erkak o‘zaro kelib chiqqan janjal sabab o‘z qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Holat Rishton tumanining “Mehnatobod” mahallasida yuz bergan. Ma’lum bo‘lishicha, ikki qo‘shni o‘rtasida yashash xonadonlari chegaralarining nizosi sabab janjal kelib chiqqan. Oqibatda jahl ustida biri ikkinchisiga oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi olgan jarohati sababli vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.








