O‘zbekistonda yana zilzila qayd etildi
Toshkent vaqti bilan 07:53 da Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi.

Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 23 mart kuni Toshkent vaqti bilan 07:53 da qayd etilgan 4,9 magnitudali zilzila sezilish kuchi Sirdaryo viloyatida 2-3 ballni, Jizzax, Farg‘ona, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida 22 ballga teng bo‘ldi.
Eslatib o'tamiz, Tojikistonda 23 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:07 da qayd etilgan 6 magnutudali zilzila ham O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezilgan, uning kuchi 4-5 ballni tashkil etgandi.







