Jahon

Suriya va Saudiya Arabistoni muloqotga tayyor – OAV

Mamlakatlar o‘rtasida munosabatlar tiklanishi aytilmoqda.

Suriya va Saudiya Arabistoni muloqotga tayyor – OAV

 

Damashq va Ar-Riyod diplomatik munosabatlarni tiklashga tayyor, deya xabar bermoqda «Reuters» nashri.

 

Yaqin kelajakda Saudiya Arabistoni elchixonasi Damashqda o‘z eshiklarini ochishi mumkin. Saudiya Arabistonining Suriya prezidenti Bashar Assad bilan murosaga erishish qarori ko‘p jihatdan arab davlatlarining Eronning Suriya hududiga taʼsirini cheklash, shuningdek, bir qator boshqa mintaqaviy muammolarni hal qilish istagi bilan bog‘liq. Damashq  bilan Ar-Riyodni  yaqinlashtirish uchun faol harakat qilayotgan tomonlardan biri Moskva edi.

 

«Reuters» Suriya razvedkasining yuqori martabali amaldori Ar-Riyodga tashrif buyurganidan keyin shunday qarorga kelgani haqida yozmoqda. Ayni paytda baʼzi arab nashrlari Suriya prezidentining akasi Maher Asadning Ar-Riyodda bo‘lganini daʼvo qilmoqda.

 

Ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, Damashq va Ar-Riyod Ramazon oyi oxirida nishonlanadigan Iyd ul-Fitr (Hayit) bayramidan so‘ng o‘z elchixonalarini ochishga hozirlik ko‘rmoqda. Avvalroq TASS o‘z manbalariga tayanib, Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud Ramazon hayiti kuni Damashqqa tashrif buyurishi mumkinligini maʼlum qilgandi.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"