Jahon

30-mart butun dunyo bo‘ylab “Xalqaro chiqindilarsiz kun” deb eʼlon qilindi

O‘tgan yili Turkiya BMT Bosh Assambleyasiga iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va barqaror rivojlanish rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif kiritgan edi.

30-mart butun dunyo bo‘ylab “Xalqaro chiqindilarsiz kun” deb eʼlon qilindi

 

“Zero Waste” loyihasi orqali Turkiya butun dunyoni qiziqtirgan barcha ekologik va tabiatni muhofaza qilish loyihalarida yetakchi sifatida ajralib turadi. Loyiha isrofgarchilikning oldini olishga, resurslardan samaraliroq foydalanishga, sabablarini ko‘rib chiqish orqali chiqindilar paydo bo‘lishining oldini olishga yoki minimallashtirishga, hamda, chiqindilarni alohida yig‘ish va qayta tiklashga qaratilgan.

 

Chiqindisiz falsafa hayotning barcha jabhalarida chiqindilarni yo‘q qilishga qaratilgan bo‘lib, u turk oshxonasining ham ajralmas qismiga aylanib ulgurgan.

 

Turk oshxonasi isrofgarchiliksiz va barqaror pazandachilik amaliyoti falsafasini saqlagan holda oziq-ovqat chiqindilariga asoslanadi. U o‘simlik va hayvonot materiallarining barcha elementlaridan foydalanish uchun yechimlarni taklif qiladi. Tabiiy va organik materiallardan tayyorlangan taomlar, vegan va vegetarian taomlari uzoq vaqtdan beri turk dasturxonlarida asosiy o‘rinni egallagan. Turk oshxonasi xilma-xil turdagi deyarli har bir taomida mahsulotlarni isrof qilmasdan ishlatishga chaqiradi. Masalan, eskirgan nondan ko‘plab taomlar tayyorlanadi. Qolgan palov, sho‘rva yoki guruch pirogiga aylanadi. Do‘lma tayyorlash uchun qovoq yoki baqlajonning ichki qismi olib tashlanadi, lekin hech qachon po‘sti tashlanmaydi, uni boshqa lazzatga aylantiriladi.

 

Turkiya, shuningdek, Milliy barqaror turizm dasturini shakllantirish uchun dunyoning eng yuqori ekologik va barqarorlik platformasi bo‘lgan Global Barqaror Turizm Kengashi (GSTC) bilan hamkorlik shartnomasini imzolab, dunyoga o‘rnak ko‘rsatdi.

 

U kelishuv doirasida kelgusi uch yil ichida turizm sanoatini qayta qurishni maqsad qilgan Turkiya, hukumat bilan barqaror turizm bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqqan va bunday masʼuliyatli ishga “yeng shimargan” dunyodagi birinchi davlatdir.

 

O‘tgan yili boshlangan dastur mahalliy aholi uchun ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarni maksimal darajada oshirish, madaniy merosni ko‘paytirish, atrof-muhitning ifloslanishini oldini olish va resurslarni tejash bilan birga bioxilma-xillik, ekotizimlar va tabiiy go‘zallikni muhofaza qilish vazifalarini maqsad qilib olgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"