O‘zbekiston so‘nggi 10 yilda zilziladan qancha zarar ko‘rgan?
Bu haqda Favqulodda vaziyatlar, Qurilish vazirliklari, Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti vakillari ishtirokida AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Ayni damda AOKAda Favqulodda vaziyatlar, Qurilish vazirliklari, Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti va boshqa masʼul tashkilotlar vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

So‘nggi 10 yilda respublikada olti marotaba 6-8 balli zilzila sodir bo‘lgan. Iqtisodiy zarar 84 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Unda zilzila, sel, toshqinlar kabi favqulodda vaziyatlarni oldini olish, seysmik holatni baholash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan maʼlumot berildi.

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi tomonidan O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlarda 2023 yil 1 yanvardan bugungi kungacha magnitudasi M= 2.8-6.8 bo‘lgan 250 dan ortiq zilzila qayd etilgan.
O‘zbekiston geologik joylashuviga ko‘ra, O‘rtayer dengizi - Osiyo seysmik kamarida joylashgan. 1900 yildan shu kunga qadar 60 dan ortiq kuchli va halokatli (magnitudasi 5 dan yuqori bo‘lgan) zilzilalar sodir bo‘lgan.
So‘nggi 10 yilda yuz bergan 6-8 balli oltita zilzilada jami 16 kishi qurbon bo‘lgan, 54 kishi jabrlangan.







