Yakshanba mutolaasi: Tug‘yonlarini kech anglab yetgan ozod qush

Zamon.uz taniqli turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekinning “Choliqushi” romanini tavsiya etadi.

Yakshanba mutolaasi: Tug‘yonlarini kech anglab yetgan ozod qush

 

Ayol va muhabbat. Bu ikki tushuncha ayni damda bir-biriga chambarchas bog‘liq va o‘z o‘rnida bir-birini qatʼiy inkor etishi bilan ham ajabtovurdir. Bu kabi o‘xshash mavzularni bir tizginga chiza olish ham yozuvchining ijodiy barkamolligidan dalolat beradi. Ana shunday atoqli yozuvchilardan biri mashhur turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekindir. Uning “Choliqushi” asarida bosh qahramon Feride va Kamron muhabbati qalamga olingan. Bu asar ilk bora 1922-yilda nashr qilingan.

 

Roman Feridening boshidan o‘tkazgan kechinmalari hamda Kamronga bo‘lgan otashin muhabbati ustuniga qurilgan bo‘lib, o‘ta go‘zal tasvirlangan. G‘ururi va sevgisi orasida muntazam kurashni to‘xtatolmagan qiz uzoq yil g‘ururining sevgisi ustidan qozongan g‘alabasidan azoblanib yashaydi. Asar voqealari bosh qahramonning g‘ururi tufayli ko‘p yillarini safarda qiyinchiliklar orasida o‘tkazgani asosiga qurilgan.

 

Asarning asosiy g‘oyasi sifatida Feride qaysarligi tufayli o‘z muhabbatini tan olmasdan, nafratini muhabbatidan ustun qo‘ygan holda g‘ururi va sevgisi o‘rtasidagi jangi hikoya qilinadi. U hattoki muhabbatini qalbining tub-tubiga yashirib, o‘ziga ham bu haqda oshkor qilishga jurʼat etolmasdan qalb og‘riqlarini boshidan o‘tkazadi.

 

Feride tabiatan ozod, erkin bo‘lib yashashni xohlaydigan mard, jasur obraz sifatida talqin qilingan. Shuning uchun ham yozuvchi ushbu asarni “Choliqushi” deb nomlagan bo‘lsa ajab emas.

 

Aksar asarlardagi bosh qahramon qiz obrazi sodda, ko‘ngilchan, muloyim qilib tasvirlanadi. Lekin Guntekin Feride obrazini buning aksi qilib yoritgan, yaʼni uni qatʼiyatli, jurʼatli, mard, o‘zini xafa qildirib qo‘ymaydigan, hayot qiyinchiliklariga chidamli, va shu bilan birga, ich-ichidan o‘zi ham tan ololmaydigan sevgisining asirasi sifatida gavdalantirgan. Balki shuning uchun ham o‘quvchi uni yana turli ismlar bilan taniydi: Gul ba shakar, ipak qurti... Kamron obrazini esa buning aksi, biroz bo‘shroq, muloyim, qatʼiyatsiz, lekin shu bilan birga, olijanob inson qilib tasvirlagan. Yozuvchi tomonidan bu ikki qarama-qarshi obrazlarning psixologiyasi juda kuchli va aniq qilib ochib berilgan.

 

Asarda muallif so‘z o‘yinidan ustalik bilan foydalangan. Asar voqealari asosiy qahramon Feridening xotira daftari sifatida uning tilidan hikoya qilinadi va ushbu hikoyalariga juda taʼsirli, maʼnoli bitiklarni bitadi. Misol tariqasida, xotira daftarining oxirgi sahifalarida Feride yillar davomida hatto o‘zidan ham yashirishga urinib kelgan sevgisini nihoyat tan oladi.

 

Birgina misol qilib, “Ha, nega endi aldashim kerak? Butun nafratimdan, isyonlarimdan, butun o‘sha bo‘lib otgan noxushliklardan qatʼi nazar, men sening bir parchang edim” kabi jumlalarni keltirib o‘tish mumkin.

 

“Choliqushi”da tez ko‘zga tashlanadigan yana bir holat bu — konflikt. Feride va Kamron o‘rtasidagi kelishmovchilikning boshqa asarlardan farqli tomoni shundaki, ular o‘rtasida hech qanday urush, janjallar bo‘lmaydi. Aksincha, Feride asar voqealari davomida undan qochib yuradi va ich-ichidan unga bo‘lgan nafratining muhabbati ustidan qilayotgan g‘alabasi o‘z sevgilisiga bo‘lgan konflikti qilib ko‘rsatilgan.

 

Romanning mahzun va romantik tarzda hikoya qilinishida o‘lim va ayriliq tushunchalarining taʼsiri beqiyos. Betakror syujet chizib bergan yo‘qotishlar: “Hali yigirma uch yoshimga kirmadim; yuzimni, vujudimni bolalikning izlari hali tark etmadi, ammo ko‘nglim yaxshi ko‘rgan insonlarimning o‘liklari bilan liq to‘la” deyishga sabab bo‘ladi.

 

Feride tilidan aytilgan durdona bitiklar orqali asarda o‘lim motivi juda ko‘p uchraganligi yaqqol bilinadi.

 

Bir so‘z bilan aytganda, Choliqushi siymosida qiyin va mashaqqatli hayot tarziga qaramasdan, o‘z muhabbatiga sodiq qoladigan asl turk qizining obrazi badiiy ustalik bilan yoritilgan. Vaholanki, ushbu romanning o‘zigina muallifning adabiy taqdirini hal qilib bergan.

 

Xulosa esa bitta:  ayol o‘ylaydi, ayol iztirob chekadi va ayol sevadi...  Bu tug‘yonlarning nomi nima, bu qarama-qarshiliklarning yechimi bormi, ayol nimaga suyanadi? U nimadan taskin topadi — birgina muhabbat. Roman shuning uchun ham kitobxonni ozod tug‘yonlar, inja hislar olamiga beixtiyor olib ketsa, ajab emas.

 

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.