Iqtisodiyot

Xitoy rivojlanayotgan davlatlarga eng ko‘p qarz bergan davlatga aylandi

Ekspertlar Pekin Markaziy bank zaxiralaridan foydalanib, yuzlab milliard kredit ajratganini qayd etishgan. Shu bilan birga XXR rivojlanayotgan davlatlarni “qarz qopqoni”ga tushirishda ayblangan.

Xitoy rivojlanayotgan davlatlarga eng ko‘p qarz bergan davlatga aylandi

 

Xitoy AQSHni quvib o‘tib, so‘nggi o‘n yillikda rivojlanayotgan davlatlarning eng yirik kreditoriga aylandi. Bu haqda Jahon Banki, AidData tadqiqot loyihasi, Garvard universiteti va Germaniyaning Kil jahon iqtisodiyoti instituti ekspertlari tadqiqotida so‘z boradi.

 

2000-2021 yillar oralig‘ida XXR qarz muammosi bilan to‘qnashgan 22 davlatga 240 milliard dollarlik favqulodda yordam bergan. Ular orasida Argentina, Nigeriya va Pokiston kabi yirik mamlakatlar bor. Kreditlar manbasi sifatida Pekin o‘z Markaziy bankining gigant zaxiralaridan foydalanadi — u 3.3 trillion dollarga baholanmoqda.

 

Moliyaviy yordam asosan Xitoy milliy bankining svop-kelishuvlar tarmog‘i orqali taqdim etilgan — amalda bu markaziy banklar orasida yuan orqali beriladigan foiz stavkasi past bo‘lgan kreditlar hisoblanadi. bir necha yil ichida XXR Xalqaro valyuta jamg‘armasidan ko‘proq miqdorda muhtoj davlatlarga yordam bergan. Ekspertlarning fikricha, bu orqali xitoyliklar o‘z valyutasi orqali xalqaro savdoni amalga oshirishni kengaytirmoqchi.

 

Shu bilan birga ayrimlar, jumladan, Bloomberg  bilan suhbatda Jahon bankining sobiq bosh eksperti Karmen Reynxart Xitoy markaziy banki siyosatini tanqid qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin qarzdor davlatlarning muammolarini yechishga yordam bermaydi, ular o‘z navbatida qarzi ortishi evaziga avvalgidan ham jiddiyroq muammolarga duch kelmoqda. Baʼzi amerikalik amaldorlar Xitoy rivojlanayotgan davlatlarni “qarz qopqoni”ga tushirganini va ular hozirda XVJdan yordam so‘rayotganini taʼkidlashgan.

 

 

 

 

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Xitoy rivojlanayotgan davlatlarga eng ko‘p qarz bergan davlatga aylandi | Zamon.uz