Jahon

Qozog‘iston hukumati o‘z vakolatlarini topshirdi

Bugundan Qozog‘istonda yangi parlament ish boshladi.

Qozog‘iston hukumati o‘z vakolatlarini topshirdi

 

Bugun, 29 mart kuni Qozog‘iston Majilisi (quyi palata) birinchi sessiyasi ish boshlaydi. Respublika Konstitutsiyasiga ko‘ra, hukumat yangi saylangan Majilisiga qadar isteʼfoga chiqishi kerak. Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi hukumat tasdiqlanmaguncha faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda “Kazinform” agentligi xabar berdi.

 

Sessiyaning ochilishida Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev so‘zga chiqishi kutilmoqda. Avvalroq davlat rahbari parlament va mahalliy vakillik organlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlar “hokimiyat institutlarini yangilashning so‘nggi bosqichi” bo‘lib, “keng qamrovli islohotlarni davom ettirish uchun ishonch mandatini olishini” maʼlum qilgandi.

 

Shuningdek, Toqayev saylovdan keyin “qator yangi tashabbuslarni ilgari surishi to‘g‘risida” gapirgan edi.

 

Majilis ochilishidan keyin bo‘lib o‘tadigan birinchi yalpi majlisda deputatlar qasamyod qilishi rejalashtirilgan. Parlament aʼzolari quyi palata spikeri va uning o‘rinbosarlarini, shuningdek, qonun chiqaruvchi hokimiyat doimiy qo‘mitalarining raislarini saylashlari kerak. Majlis spikeri nomzodligiga Yerlan Koshanov ilgari surildi. U avvalgi chaqiriqda ham spiker bo‘lgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, 19 mart kuni 98 deputatdan iborat parlamentga muddatidan oldin saylovlar bo‘lib o‘tgandi. Aralash saylov tizimida  deputatlarning uchdan ikki qismi (69 kishi) partiya ro‘yxati bo‘yicha, uchdan bir qismi (29 kishi) bir mandatli saylov okruglaridan saylangan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"