Jahon

Oyda yangi suv manbayi topildi

Bu kashfiyot kelajakda Oyni tadqiq qilish missiyalari uchun muhim ahamiyatga egaligi aytilmoqda.

Oyda yangi suv manbayi topildi

 

Olimlar Oyda suv borligini bilishadi. Ammo mutaxassislarda hayot manbasi u yerga qanday kelgani va qayerda ekani haqida savollar bor. Xitoy Fanlar akademiyasi tadqiqotchilari tomonidan eʼlon qilingan yangi maqolada Oy tuprog‘ida yashirinishi mumkin bo‘lgan zarbali shisha sharlarni tasvirlab berishgan.

 

Tadqiqotchilar 2020 yilda “Chang-e 5” missiyasi davomida xitoylik rover tomonidan to‘plangan oy tosh namunalarini o‘rganishdan so‘ng shunday xulosaga kelishgan. Ular orasida har birida 0,002 grammgacha suyuqlik bo‘lgan 32 ta mayda granulalar topilgan. Yer sunʼiy yo‘ldoshida milliardlab, hatto trillionlab bunday zarralar bo‘lishi mumkin, eng konservativ hisob-kitoblarga ko‘ra, ular o‘zida 297,6 milliard tonnagacha suvni saqlay oladi.

 

Taʼkidlanishicha, bu qayta tiklanadigan manba. Olimlarning fikricha, mayda granulalar meteoritlar bilan to‘qnashuv natijasida hosil bo‘ladi, bu bizning tabiiy yo‘ldoshimiz uchun unchalik kam emas. Shuningdek, tadqiqot quyosh shamoli vodorod molekulalari bilan o‘zaro taʼsirlashganda, ular doimo suv chiqarishini aniqladi. Bu juda tezkor jarayon bo‘lib, bunday shisha sharlar bir necha yil ichida o‘zida suyuqlik to‘playdi.

 

“Bunday qisqa diffuziya vaqti quyosh shamoli tomonidan ishlab chiqarilgan suv tezda to‘planishi va oy yuzasiga urilgan meteorit taʼsirida hosil bo‘lgan shisha sharlar ichida saqlanishi hamda gidratsiya belgilarini saqlab qolishi mumkinligini ko‘rsatadi”, — deydi tadqiqot hammuallifi, Nankin universiteti olimi Xejiu Xuvey.

 

Hozirda “Chang-e 5” roveridan olingan namunalarni tahlil qilish davom etmoqda. Shuning uchun olimlar yaqin kelajakda yangi kashfiyotlar bo‘lishini istisno qilishmaydi. Ammo eng muhimi, ularda mavjud bo‘lgan maʼlumotlar boshqa tosh sayyoralarda suv mavjudligiga umid qilish uchun asos beradi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.