183 nafar ayolning qanchasi qaynonasi tomonidan zo‘ravonlikka uchragan?
Respublikaning 6 ta hududida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar o‘rtasida tadqiqot o‘tkazilgan.

183 nafar so‘rov o‘tkazilgan ayolning har uchinchisi turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti axborot xizmati rahbari Manija Bahriyeva ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2022 yil dekabr - 2023 yil yanvar oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Andijon, Navoiy, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida tazyiq va zo‘ravonlikka duch kelgan 183 nafar ayol o‘rtasida tadqiqot o‘tkazilgan.
Unga ko‘ra 53% respondent hasad qilish, shaxsiy hayotga aralashish, rashkni tazyiq va zo‘ravonlik deb baholashgan.
26,2% respondent qaynonasi tomonidan zo‘ravonlikka uchraganini ta’kidlagan.
Respondentlarning aksariyati (42,5%) tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha tegishli joyga murojaat qilingandan so‘ng turmush o‘rtog‘ining munosabati ijobiy tomonga o‘zgarganini ma’lum qilishgan.







