Ramazonda 500 nafar muhtoj aholiga iftorlik dasturxoni yozildi
Bu haqda “Vaqf” xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari maʼlum qildi.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda “Vaqf” xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov Ramazon oyining birinchi haftasida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
Jumladan, “Ramazon tuhfasi” loyihasi doirasida, o‘tgan hafta davomida:
- respublikamiz bo‘ylab 320 ta oilaga 51 810 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari;
- moddiy ko‘makka muhtoj 44 nafar fuqarolarga 53 600 000 so‘mlik pul mablag‘lari berildi;
- 500 dan ortiq hamyurtlarimiz uchun iftorlik dasturxonlari yozildi.







