Kamchatkada 6.9 magnitudali zilzila yuz berdi — video
Jabrlanganlar haqida hozircha maʼlumot yo‘q.

Bu haqda “BBC” xabar berdi.
Jabrlanganlar va vayronalar haqida maʼlumot yo‘q. Yer silkinishi mahalliy vaqt bilan 15:06 da sodir bo‘lgan. Uning epitsentri Petropavlovsk-Kamchatskdan 44 kilometr janubdagi Avachin ko‘rfazi bo‘lgani aytilmoqda. Sunami xavfi haqida ogohlantirish berilmagan.
Petropavlovsk-Kamchatskdagi uylarning mebellari qimirlagan, jihozlar qulagan.
TASS maʼlumotlariga ko‘ra, Avachinskdagi birinchi yer silkinishidan keyin yana beshta zilzila bo‘lgan. Shahardagi ayrim mavzelar elektrdan uzilgan.







