Jamiyat

Poytaxtda Lor klinikasi soyaboni qulab tushdi

Bunga nima sabab bo‘lgandi?

Poytaxtda Lor klinikasi soyaboni qulab tushdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasidagi 50-ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida xususiy Lor klinikasining soyaboni qulab tushganligi haqidagi xabar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan Yakkasaroy tumani hokimligi izoh berdi.

 

"Bu holat kuchli yomg‘ir yog‘ishi hamda soyabon ustida suv yig‘ilib qolish sababli yuzaga kelgan. Holat zudlik bilan Yakkasaroy tuman hokimligi hamda tadbirkor tomonidan nazoratga olindi. Buning oqibatida hech kimga ziyon yetmaganligini maʼlum qilamiz", — deyiladi hokimlik xabarida.

Poytaxtda Lor klinikasi soyaboni qulab tushdi | Zamon.uz