0

Salkam 40 kg giyohvand moddalar tranzitiga chek qo‘yildi

Jinoyatchilar orasida Tojikiston va Qozog‘iston fuqarolari ham borligi aytilmoqda.

Salkam 40 kg giyohvand moddalar tranzitiga chek qo‘yildi

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hamda 1 nafardan Tojikiston va Qozog‘iston respublikalari fuqarolari ushlanib, ulardan 12 kg 800 gr “opiy” va 27 kg 50 gr “gashish” narkotik moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Tezkor tadbir davomida mazkur shaxslar DXX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, voqea joyidan qochishga urinishgan.

 

Taʼkidlash lozimki, O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan ushbu giyohvandlik vositalari mamlakatimiz hududi orqali boshqa davlatga olib chiqib ketilishi kerak bo‘lgan.

 

Hozirda holat yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"