Turkmaniston sobiq prezidentining onasi vafot etdi
Bu haqda Tojikiston prezidentining hamdardlik telegrammasidan maʼlum bo‘ldi.

“Muhtaram onangiz O‘g‘ulobod ejening vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan oldim”, – deb yozdi Emomali Rahmon telegrammada.
Tojikiston rahbari, shuningdek, Turkmanistonning sobiq prezidenti va uning yaqinlariga shunday og‘ir damlarda ruhiy kuch va sabr-toqat tiladi.







