Abdurahmonovning ishdan olingani rasman tasdiqlanmagan
Avvalroq Andijon hokimi ishdan olingani va o‘rniga viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib Dilshod Karimov tayinlangani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ijtimoiy tarmoqlar hamda Telegram messenjerida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov lavozimidan ozod qilingani hamda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib Karimov Dilshodbek Abdumalikovich tayinlangani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Taʼkidlanishicha, ayni paytda mazkur xabar rasmiy manbalar tomonidan eʼlon qilinmagan. Axborot resurslaridan haqqoniyligi tasdiqlanmagan, asossiz maʼlumotlarni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz, deyiladi xabarda.







