Ta'lim

Bosimga uchragan o‘qituvchi murojaati ijobiy hal etildi — Ombudsman

O‘qituvchi ishga kelgandan beri "zamdirektor" obro‘sizlantirib kelgan.

Bosimga uchragan o‘qituvchi murojaati ijobiy hal etildi — Ombudsman

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili nomiga Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro O.Q.dan ish faoliyatida mehnat huquqlarining buzilayotgani bo‘yicha murojaat kelib tushgan

 

Tumandagi maktablardan birida matematika fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritayotgan murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, shu maktabning o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ish boshlaganidan buyon yig‘ilishlarda uni obro‘sizlantirishga harakat qilib kelgan. Unga bosim o‘tkazish orqali dars soatlarini o‘z tanishlariga o‘tkazib bergan.

 

Ombudsman axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, murojaat nazoratga olinib, viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi bilan birgalikda ishchi guruh tuzilgan holda o‘rganildi.  

 

O‘rganish davomida direktor o‘rinbosarining ish faoliyatida qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlanib, murojaatchidan qonunga zid ravishda olingan o‘quv soatlari o‘ziga qaytarildi. Direktor o‘rinbosari esa egallab turgan lavozimidan ozod etildi.      

 

custom img

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

custom img

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

custom img

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Markaziy Osiyo yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantiriladi

Samarqandda Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Rim shahrida O‘zbekiston–Italiya oliygohlari rektorlari Ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim tizimidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"