"Pereval"da yuk mashinasi butunlay yonib ketdi
Bu haqda FVV ma’lum qildi.

Bugun, 15-aprel soat 02:48 da Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 225 km Qo‘shminor Maxalla fuqarolar yig‘ini hududida harakatlanib ketayotgan Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan “DAF” rusumli yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, o‘rta temir to‘siqga urilgan. YTH natijasida avtomashinada yong‘in kelib chiqgan. Oqibatda avtomashina va uning yukxonasi to‘liq yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Sodir bo‘lgan yong‘in Qamchiq Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in qutqaruv ekipajlari tomonidan soat 03-20 da to‘liq o‘chirilgan.







