Qo‘shni Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi
Zilzila kuchi 4 ball

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijon viloyatida sezildi
Qirg‘izistonda 15-aprel kuni soat 14:49 da 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi O‘zbekistonning hududlarida ham sezildi, deb xabar beradi Seysmoprognostik monitoring markazi.
Zilzila koordinatalari: 40,87 gradus shimoliy kenglik; 73 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4. Chuqurlik 15 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 320 kilometr janubiy-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
-Xonobod tumanida 3 ball, 8 km.
-Qo‘rgontepa tumanida 2-3 ball, 16 km.







