Jahon

Rossiyalik yirik bankir o‘g‘rilikda ayblanmoqda

Oleg Berezovskiyni hibsga olishga ruxsat berildi.

Rossiyalik yirik bankir o‘g‘rilikda ayblanmoqda

 

Moskvaning Basmanniy sudi bankrot bo‘lgan “Razvitiye” bankining sobiq asoschisi Oleg Berezovskiyni kredit muassasasidan 3 milliard rublga yaqin mablag‘ni o‘g‘rilash bo‘yicha jinoiy tergov doirasida sirtdan hibsga olishga ruxsat berdi. 

 

U xalqaro qidiruvga berilgan edi.

 

Sud qarori qonuniy kuchga kirmagan va apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

 

“Razvitiye” banki 2016 yil oktyabr oyida litsenziyadan mahrum qilindi va bir necha oy o‘tgach, kredit tashkiloti bankrot deb eʼlon qilindi. Keyinchalik Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki bankdan milliardlab rubl miqdoridagi aktivlarni olib qo‘yish belgilari haqida xabar berdi. Keyinchalik, Moskva prokuraturasi katta hajmdagi o‘g‘irlash sxemasini fosh qildi. Nazorat qiluvchi organ maʼlumotlariga ko‘ra, berilgan kreditlar miqdori 3 milliard rubldan oshgan.

 

Moskva prokuraturasining xabar berishicha, bank xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari omonatchilarga va Rossiya Federatsiyasi davlat korporatsiyasining Omonatlarni sug‘urtalash agentligi vakiliga zarar yetkazganligi sababli, tekshiruv materiallari aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.