Jahon

Shvetsiya uchirgan raketa Norvegiyaga quladi

Raketa koinotni tadqiq qilishga mo‘ljallangan edi.

Shvetsiya uchirgan raketa Norvegiyaga quladi

 

Shvetsiya SSS kosmik korporatsiyasidan koinotga tadqiqot raketasini uchirdi, biroq 250 km balandlikka ko‘tarilgan raketa yo‘nalishidan chetga chiqib, Norvegiya tog‘lariga qulab tushdi.

 

Korporatsiyaning maʼlum qilishicha, raketa 1000 metr balandlikdagi toqqa, yaʼni eng yaqin aholi punktidan 10 kilometr uzoqlikka qulagan.

 

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

 

Rejaga ko‘ra, raketa vaznsizlik sharoitida tajribalar o‘tkazilishi kerak edi.

 

O‘tgan hafta “SpaseX” o‘zining birinchi Starship raketasini uchirdi. U Meksika ko‘rfazi ustida havoga ko‘tarilganidan to‘rt daqiqa o‘tib portladi.

custom img

Pokiston Eron urushi fonida Saudiya Arabistoniga minglab askar va qiruvchi samolyotlar yubordi

Yuborilgan texnikalar pokistonlik harbiylar tomonidan boshqariladi, xarajatlarni esa Saudiya Arabistoni qoplaydi.

custom img

Turkiyada restorandagi otishma oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Gumondorni qo‘lga olish uchun vertolyotlar yordamida qidiruv ishlari boshlangan. U 17 yoshda ekani aytilmoqda.

custom img

Rossiyaga vizasiz kirayotgan migrantlar uchun 1 iyuldan “RuID” majburiy bo‘ladi

Yangi tartib O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston, Ozarbayjon va Gruziya fuqarolariga ham tatbiq etiladi.

custom img

Eronning vaziyati keskin mintaqadagi strategik legitimligi, strukturaviy chidamliligi va tinchlikka asoslangan diplomatiyasi

Eron milliy jipslik va birlik, harbiy kuchlarining qudrati va mustahkamligi, oliy rahbarning donishmandona choralari, huquqiy legitimlik, iqtisodiy chidamlilik va oxir-oqibat tinchlikka asoslangan faol diplomatiya kabi oltita komponentga tayangan holda, ko‘p qutblilikka intilayotgan tartibda o‘z mavqeini mustahkamlamoqda.

custom img

AQSHda ikkita qiruvchi samolyot havoda to‘qnashib ketdi

To'rt nafar ekipaj a'zosi parashyutlardan foydalanib samolyotni tark etgan.

custom img

JSST Kongo va Ugandadagi Ebola sabab xalqaro favqulodda holat e’lon qildi

Ebolaning Bundibugyo virusi shtammi sabab kasallanish holatlari oshmoqda.

custom img

Eron kelishuvga rozi bo‘lmasa, qattiq zarbaga uchraydi— Tramp

Donald Tramp Tehronni AQSh bilan ehtimoliy kelishuv bo‘yicha tezroq harakat qilishga chaqirdi.

custom img

Fransiyada Saudiya valiahd shahzodasiga qarshi tergov boshlandi

Muhammad bin Salmon Al Saud jurnalist Jamol Qoshiqchining qiynoqqa solinishi va majburan yo'qolib qolishiga aloqadorlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"