Jahon

Isroil va Falastin hujumni to‘xtatishga kelishib oldi

Bunga BMT, Misr va Qatar vositachiligida erishilgan.

Isroil va Falastin hujumni to‘xtatishga kelishib oldi

 

Misr, Qatar va BMT vositachiligida Isroil va Falastin qurolli guruhlari o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda «Reuters» nashri yozmoqda.

 

“G‘azodagi Isroil va Falastin qurolli guruhlari chorshanba kuni ertalab kelishib oldi. Bunga Misr, Qatar va BMT rasmiylarining saʼy-harakatlari bilan erishilgan”, – deyiladi xabarda. 

 

Kelishuvning to‘liq tafsilotlari eʼlon qilinmagan.

 

Seshanba kuni Isroil armiyasi G‘azo sektoridan mamlakat janubiga bir necha o‘nlab raketalar otilgani haqida xabar berdi. Tez yordam xizmatining xabar berishicha, kamida uch kishi jarohatlangan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"