Jahon

Zelenskiyni dorga osish taklif qilindi

Taklif Ukraina sobiq prezidenti Leonid Kuchmaning sobiq maslahatchisi Oleg Soskin tomonidan ilgari surildi.

Zelenskiyni dorga osish taklif qilindi

 

Ukrainada qarshi hujum muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda Zelenskiyni osish taklif qilindi. Taklif Ukraina sobiq prezidenti Leonid Kuchmaning sobiq maslahatchisi Oleg Soskin tomonidan ilgari surildi, deya Pravda.ru‘ga tayanib Daryo nashri yozmoqda.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari bir hafta ichida Rossiya mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishi kerak, aks holda qarshi hujum Ukraina bo‘ylab katta yo‘qotish va noroziliklarga sabab bo‘ladi.

 

Bunday holda Zelenskiy va butun Ukraina hukumati maydonda osib qo‘yilishi kerakligini aytdi Soskin.

 

“Zelenskiy, uning xotini, Ukraina prezidenti ofisi rahbari Yermak , mudofaa vaziri Reznikov, bosh vazir Shmigal, Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Podolyak, general Zalujniy, general-polkovnik Sirskiy, general-leytenant Nayevlarga sirtmoq solinadi, taglaridagi stulni kimdir itarib yuboradi. Balki, bu qarindoshlari bo‘lar”, — degan u.

 

Shuningdek, Soskin G‘arb davlatlari Ukrainani NATO va Yevropa Ittifoqiga qabul qilishdan bosh tortib, uning orqasiga pichoq sanchganini aytdi. 

 

“Ittifoqchilar Ukrainani to‘liq taslim qildi. Endi NATOga, Yevropa Ittifoqiga qabul qilishmaydi”, — dedi u.

 

Soskin G‘arb davlatlari yozgacha Ukrainaga moliyaviy yordam berishdan bosh tortishini aytdi.

 

“Shunda Kiyev rasmiylari ukrainaliklarga oyiga 4-5 milliard dollar oladigan pensiya to‘lash uchun hech narsaga ega bo‘lmaydi”, — dedi Soskin.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"