Salomatlik

O‘zbekistonda Tibbiy genetika markazi ochiladi

Markaz Garvard universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

O‘zbekistonda Tibbiy genetika markazi ochiladi

 

O‘zbekistonda Garvard universiteti bilan hamkorlikda Tibbiy genetika markazi ochiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.  

 

Maʼlum qilinishicha, Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiyaning AQSHga xizmat safari davomida Garvard universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilgan.

 

Massachusets shtatida joylashgan mazkur muassasaga 1636 yilda asos solingan. Bu yerda 21 ming nafardan ziyod talaba tahsil oladi. Xususan, universitetning Boston shahridagi Garvard tibbiyot maktabida sog‘liqni saqlash sohasining deyarli barcha yo‘nalishlari uchun mutaxassislar tayyorlanadi.

 

Ushbu muassasa bitiruvchilari orasidan 75 nafar Nobel mukofoti sovrindori, AQSHning sakkiz nafar prezidenti chiqqan.

 

Uchrashuvda mazkur universitet bilan keng ko‘lamli hamkorlik bo‘yicha qator kelishuvlarga erishilgan. Xususan, Garvard genomika markazi bilan tibbiy-genetika sohasidagi kelishuv O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish uchun muhim asos bo‘ldi.

 

Ushbu hamkorlik mamlakatda tibbiy genetika bo‘yicha markaz tashkil etish, uni eng so‘nggi va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlash, AQSH universitetida o‘zbekistonlik mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni o‘z ichiga oladi.

 

Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi rahbar kadrlarini o‘qitish, tibbiy genetika mutaxassislari malakasini oshirib, ulardan trenerlar tayyorlash, taʼlim bo‘yicha Garvard universiteti bilan O‘zbekistondagi sohaga daxldor oliy o‘quv yurtlari, ixtisoslashgan markazlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy aloqalarni kengaytirish rejalashtirilgan.

 

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.