Toshkent ko‘chalariga 59 ta yangi elektrobuslar chiqarildi
Xitoydan olib kelingan elektrobuslar qaysi yo‘nalishlarga qo‘yildi?

Xitoyda ishlab chiqarilgan Yutong rusumli elektrobuslarning 59 tasi bugun, 11 may kunidan boshlab quyidagi yo‘nalishlarga biriktirildi:
— 12 donasi "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 45-sonli "Boshliq mavzesi – FOOD CITY savdo majmuasi" avtobus yo‘nalishiga;
— 14 donasi "12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 40-sonli "Sergeli mavzesi 12-daha – Toshkent vokzali" avtobus yo‘nalishiga;
— 10 donasi "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 85-sonli "Qora qamish 2/4 mavzesi – Toshkent MUM" avtobus yo‘nalishiga;
— 4 donasi "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 8-sonli "Olchazor mahallasi – Chilonzor mavzesi 25-daha" avtobus yo‘nalishiga.
Avtobuslar soni ko‘paytirilmoqda:
— 1 donasi "1-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 13T-sonli avtobus yo‘nalishiga;
— 1 donasi "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 57-sonli avtobus yo‘nalishiga;
— 5 donasi "7-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 94-sonli avtobus yo‘nalishiga;
— 4 donasi "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 100-sonli avtobus yo‘nalishiga;
— 1 donasi "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 67-sonli avtobus yo‘nalishiga;
— 3 donasi "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 51-sonli avtobus yo‘nalishiga;
— 1 donasi "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 95-sonli avtobus yo‘nalishiga;
— 3 donasi "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 53-sonli avtobus yo‘nalishlariga xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilgan.







